«KHILAL GROUP»
KHILAL TEX (“Raw materials exclusive” MChJ) va KHILAL CLUSTER O‘zbekistondagi yirik xususiy xolding “KHILAL GROUP” tarkibiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi.
KHILAL CLUSTER va KHILAL TEX - paxta-to'qimachilik klasteri hisoblanib, O'zbekistonda paxta xomashyosini etishtirish, uni qayta ishlash bosqichidan boshlab, paxtani qayta ishlash va yog` ekstraksiya zavodlarida mahsulotlarni keyingi qayta ishlash va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Yakuniy mahsulotlar – gazlamalar, tayyor kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlardir.
Muxtaram Prezidentimizning tadbirkorlarga yaratgan keng imkoniyatlari natijasida 2021 yilda Qarshi tumanida loyixa qiymati 20 mln. АQSH dollari boʼlgan, “KHILAL” brendi ostida sifatli kalava ip ishlab chiqaruvchi "Khilal Tex" korxonasi oʼz faoliyatini boshladi.Ushbu loyihaning qiymati 20 mln. АQSH dollari boʼlib, korxona yiliga 4 000 tonna tayyor maxsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Fabrika uskunalari Germaniya, Turkiya, Shveysariya va Italiyadan keltirilgan eng zamonaviy uskunalar hisoblanadi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida bir varakayiga 300 dan ortiq yangi ishchi oʼrinlari yaratiladi. Yangi ish o`rinlariga asosan mahalliy aholi o`rtasidagi ayollar daftarida va temir daftarda ro`yxatda turuvchi xotin qizlar jalb qilingan
Mahsulotlarimiz sifati vaqt sinovidan o'tgan va ko'plab mijozlar tomonidan tasdiqlangan.Eng yangi texnologiya va uskunalar yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini bermoqda.Biz mustaqil ravishda paxta yetishtirishdan tayyor mahsulotgacha mahsulot ishlab chiqaramiz, bu esa sizga hamyonbop narxlarni taklif qilish imkonini beradi.Barcha tovarlar sertifikatlangan.Korxonada CD (кардная), KCD (кардная трикотажная) и KCM (гребенная) kabi turli turdagi iplar ishlab chiqariladi.
Paxta ipi Ne 30/1 (Nm 50/1)
Paxta ipi Ne 36/1
Paxta ipi Ne 20/1
Paxta ipi (Ne 32/1)
Paxta ipi (Ne 26/1)
Paxta ipi (Ne 40/1)
NABIYEV KOMILJON XAYDAROVICH
1995 yil Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.Mexnat faoliyatini 1992 yildan Samarqand viloyati Choy ishlab chikarish fabrikasida tayyor maxsulotlarni hisobga olish bo‘yicha hisobchi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik “Samarqand don maxsulotlari” AJ da mexnat faoliyatini davom ettirgan. Mexnat faoliyati davomida ta’minot bo‘limi boshlig‘i, savdo va mareting bo‘limi boshlig‘i, moliya-iqtisod va ta’minot bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.2021 yil dan KHILAL GROUP korxonalar tarmogiga kiruvchi «RAW MATERIALS EXCLUSIVE»MChJda bosh direktor vazifasida ishlab kelmoqda.